Narx tahlili
Sahifalar
Narx tahlili Tuman/Shahar Prognoz Kutilmalar Jahon narxlari
Harakatlar
Taklif va murojaatlar

Haftalik narx kuzatuvlari bo'yicha izoh

O'zbekiston Respublikasi dehqon bozorlaridagi oziq-ovqat mahsulotlarining (tasdiqlangan ro'yxat asosida) aniq sanadagi o'rtacha narxlari statistika organlari tomonidan o'tkaziladigan kuzatuvlar asosida shakllantiriladi.

Narxlarni kuzatish har hafta CAPI texnologiyasiga asoslangan planshet qurilmalari yordamida joyiga chiqib amalga oshiriladi.

Kuzatish jarayonida dehqon bozorlarida sotiladigan mahsulotlar narxi eng pastdan eng yuqorigacha bo'lgan oraliqda qayd etiladi. Natijalar o'rtacha narxlarni aniqlash uchun qo'llaniladi.

Tovarlarning o'rtacha narxlari turli xil assortiment o'zgarishlarini, shuningdek, hududiy, mavsumiy o'zgarishlar va boshqa omillarni hisobga olgan holda shakllantiriladi. Shunday qilib, tovarlarning o'rtacha narxlaridagi o'zgarishlar uning iqtisodiy tarkibida alohida o'ringa ega tovarlar uchun hisoblangan narx indekslaridan farqi shundaki, avvalo tovarlarning aniq narxlaridagi o'zgarishlarni hisobga olish bilan birga, uning tarkibiy hamda assortiment o'zgarishlari ham inobatga olinadi.

Tarkibiy va assortiment o'zgarishlariga ta'sir qiluvchi muhim omillar quyidagilardan iborat:

  • yangi turdagi tovarlarning paydo bo'lishi;
  • eskilarining yo'qolishi;
  • turlicha bo'lgan alohida turdagi tovarlarning narx darajalari ulushining o'zgarishi;
  • mintaqadagi o'zgarishlar natijasida hududiy narxlar orasidagi farqlanishlar, mavsumiy omillar va hokazo.

Shunga ko'ra, o'rtacha narxlar to'g'risidagi ma'lumotlardan doimiy ravishda narxlar o'zgarishi dinamikasini tavsiflashda foydalanish tavsiya etilmaydi. Balki ushbu ko'rsatkichlar mahsulotlarning ma'lum bir kritik vaqtdagi narxlarini kuzatib borish uchun shakllantiriladi.

Ushbu ma'lumotlar inflyatsiya ko'rsatkichlarini shakllantirishda asos sifatida qo'llanilmaydi, chunki inflyatsiya ko'rsatkichlarini hisoblashda boshqa metodologik yondashuv qo'llaniladi. Xususan, har bir hisobot davri uchun muayyan nuqtada joylashgan, tovar navi, xususiyatlari hamda qadoq hajmi aniq belgilangan tovarlar narxlaridagi o'zgarishlar kuzatiladi.